Girassi faqat dunyodagi eng nufuzli klublarda o‘ynashni istaydi!
"Sky Sport Deutschland" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "Borussiya Dortmund" hujumchisi Seru Girassini 2026 yil yozida ettita top-jamoa belgilangan miqdordagi to‘lov orqali sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu davrda uning transferini 50 million evro evaziga quyidagi jamoalar amalga oshirishi mumkin bo‘ladi: "Real", "Barselona", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Liverpul" va "Chelsi".
Girassi Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishni hozircha umuman ko‘rib chiqmayapti. U hatto 2025 yil yozida "Al-Hilol"ning yiliga 20 million evro maoshlik taklifini ham rad etgan.
Joriy mavsumda Seru Girassi Bundesligada 10 turda 5 ta golga muallif bo‘ldi.

Fikrlar