Golovkin va Derevyanchenko kim g‘alaba qozonadi? (Murabbiy va sportchilar fikri)

  • 3 oktabr, 2019, 14:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor 5 oktyabr kuni barcha professional boks ihlosmandlarining diqqat e’tibori Nyu-Yorkka qqaratiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki  mashhur “Medison Skver- Garden” arenasida o‘rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun Gennadiy Golovkin hamda ukrainalik Sergey Drevyanchenko o‘zaro ringga ko‘tarilishadi. Mazkur boks oqshomida ikkinchi markaziy jang deya hamyurtimiz Isroil Madrimov va Alexandro Barrera to‘qnashuvi ham qad etilgan. Xullas ajoyib jang oqshomi bo‘lib o‘tadi. Golovkin va Derevyanchenko o‘rtasidagi to‘qnashuvda kim g‘olib bo‘ladi, kimda imkoniyat yuqori, ulkan tajriba g‘alaba qozonadimi yoki ishtiyoq degan taxminlar barchani birdek qiziqtirayotganligi turgan gap. Shuning uchun biz ba’zi boks murabbiylari va sportchilarimizning ushbu jang borasidagi fikrlariga quloq tutdik.

Tecno

Zufar Sulaymonov- O‘zbekiston professional boks terma jamoasi bosh murabbiyi

zufar aka

- Ushbu qarama-qarshilikda Gennadiyning qo‘li baland keladi. Uning zarbalari juda kuchli. Qolaversa, taktik jihatdan ham mukammal bokschi. Har qanday masofada, oyoqda yaxshi ishlay oladi. Umuman olganda barcha tomonlama Golovkin ustun.

Dilshod Mahmudov – sobiq bokschi, murabbiy

Dilshod aka

- Jangga kim to‘la tayyor bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Hozirda ularning holatidan xabarim yo‘q. Lekin umumiy tarzda fikr bildiradigan bo‘lsak, Gena tajribali bokschi. Lekin u bilan biz yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda qatnashar edik. Men 60-64 kg vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etsam, u 75 kg da ringga ko‘tarilar edi. Demoqchimanki, xech qachon bir-birimizga raqib bo‘lmaganmiz. Aytmoqchi bo‘lganim u tajibali bo‘lgani bilan 34-35 yoshda. Oz bo‘lsada. Yosh faktori ham rol o‘ynashi mumkin. Qisqasi, buni ring ko‘rsatadi.

Hasanboy Do‘stmatov –bokschi, Rio Olimpiadasi chempioni

xasanboy

- Shubhasiz, Golovkin g‘alaba qozonadi. Chunki unda ulkan tajriba bor.

 Bobur Najmiddinov – murabbiy

bobur

- Gennadiy Golovkin nokaut bilan g‘alaba qozonadi. U o‘ziga hos “pancher”. Gennadiy qanday saviyadagi bokschi ekanligini necha yillardan buyon isbotlab kelmoqda. Sergeydanda murakkab, kuchli raqiblarga xech qanday imkoniyat qoldirmagan. Bu safar ham qiyinchiliksiz g‘alaba qozonadi.

 Husniddin Po‘latov- bokschi, WBA Asia kamari sohibi

xusniddin_1

- GGG albatta g‘alaba qozonadi. Bunga shubha qilmayapman. Chunki, unda tajriba yuqori va zarba kuchi borasida ham raqibidan ustun. Gennadiyga omad tilayman!

Feruz Yuldashev –professional bokschi

feruz

- Golovkin yutadi. Chunki, uning jismoniy holati juda yuqori. Ringda charchash nima ekanligini bilmaydi. Qolaversa, zarbasi ham juda kuchli. Xullas, qozog‘istonlik afsonaning g‘alabasiga ishonaman.

 Sanjar Rahmonov – professional bokschi

sanjar

- Odatda, professional boksda tajriba muhim omil hisoblanadi. Ushbu jangda esa, Golovkin tajriba borasida katta ustunlikka ega. Shuning uchun, ushbu to‘qnashuvda Gennadiy Golovkin g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman.

 Anvar Turapov – professional bokschi WBC Asia kamari sohibi

anvar

- Bu jangda Gennadiy Golovkin g‘alaba qozonadi. Chunki Derevyanchenko hali Gennadiy saviyasidagi raqib bilan to‘qnash kelgan deb o‘ylamayman. Qozog‘istonlik bokschi esa, uning saviyasidan bir bosh baland bo‘lganlarni ham osongina mag‘lubiyatga uchrata olgan.

O‘tkazgan so‘rovnomamizga ko‘ra, barcha qozog‘istonlik bokschining g‘alaba qozonishini taxmin qildi. Lekin bu sport turida har doim o‘ziga hos sensatsiyalar bo‘lib turadi. Shuning uchun, kim g‘alaba qozonishini 5 oktyabr kuni bilib olamiz.

Ahmadbek EShMATOV tayyorladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шерали Мамаджанов
04/10/2019 08:18
Assalomu Aleykum man ham professional boks bilan shugulanaman,uz fikrimni bildiradigan bulsam hakikatdan ham Genadiy Golovkin ancha tajribali lekin bu degani 100% yutadi degani emas albatta goyibni fakat Alloh bilguvchi bu Boks,ringda har kanday holat yuzaga kelishi mumkin chunki bu Boks albatta !!! Derevyanchenko u ham yahwi sportchi agar u yahwi sportchi bulmaganda GGG bilan boks tuwiw imkoniyatiga ega bulmas edi albatta,bir narsa man tan olaman tugri Derevyanchenkoga nisbatan GGG tajribasi kuprok Omad tilimiz shanba kuni tamosho kilamiz albataa !!!
04/10/2019 12:50
Во алайкум ассалом. Шерали албатта сизни профессионал боксчи сифатида яхши биламиз.Бир қатор муваффақиятларингиздан ҳам хабаримиз бор. Албатта, фикрингизни хурмат қиламиз. Ўз ўрнида сайтимизни сиздек ўқувчиси борлигидан хурсандмиз!