Gotti: "Shomurodovning kelgani bunga yaqqol misol"

  • 05.02.2023 10:00
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Spetsiya" ustozi Luka Gotti "Napoli"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Bizning transfer siyosatimiz aniq. Biz nafaqat bugun, balki, kelajak uchun ham poydevor quryapmiz. Yangi kelganlarni jamoaga qanchalik darajada yaxshi qo‘shilib ketishi muhim sanaladi. Ularning barchasi yaxshi saviyadagi futbolchilar va juda ko‘p ishlarga qodir. Shomurodovning kelgani bunga yaqqol misol va men ushbu transferdan faqat xursandman. 

"Napoli"ga qarshi o‘yinda o‘z imkoniyatlarimizdan maksimal darajada foydalanamiz. Katta qurbonlik qilish zarur. Muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlab tursa, peshqadamga muammo tug‘dirishga harakat qilamiz", - dedi Gotti. 

Ma’lumot uchun, "Spetsiya" safiga kelib qo‘shilgan legionerimiz bugun debyut o‘yinida maydonga tushishi kutilyapti. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
М Х
05/02/2023 15:30
Бугун Элдордан дубль курамиз худо хохласа