
Grandlar kutgan to‘purarni boshqa klub ilib ketdi
“Aytraxt”dagi sermahsul o‘yini bilan Evropaning ko‘plab grand klublari e’tiboriga tushgan Andre Silva faoliyatini Bundesliganing boshqa vakili – “Leyptsig” safida davom ettiradigan bo‘ldi.
Portugaliya terma jamoasining 25 yoshli hujumchisi yangi klubi bilan besh yillik shartnoma tuzdi. Unga ko‘ra, “Leyptsig” Silvaning xizmatlari uchun yiliga 4 million evro to‘laydi.
Bu transfer “Leyptsig”ga 23 million evroga tushdi. Bundan tashqari, ular yana 12 million evroni o‘yinchining natijalariga qarab, bonus tarzida “Ayntraxt” hisobiga o‘tkazishi kerak bo‘ladi.
Yakunlangan mavsumda Andre Silva 28 ta gol urib, Bundesliga to‘purarlari bahsida ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi.
Fikrlar