Grandlar talashayotgan Virts o‘ziga jamoa tanladi
Germaniyaning amaldagi chempioni – “Bayer” klubi yulduzi Florian Virts yozgi transfer oynasi oldidan Evropaning eng kuchli klublari e’tiborida bo‘lib turibdi.
21 yoshli futbolchiga “Bavariya”, “Manchester Siti” va “Real Madrid” kabi grand klublar qiziqish bildirmoqda.
Biroq Germaniyaning nufuzli BILD nashrining xabariga ko‘ra, Virts o‘z kelajagi borasida qaror qabul qilgan — u aynan “Real Madrid”da o‘ynash orzusini amalga oshirmoqchi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining yaqinlari ham shu fikrda qat’iy turibdi. U boshqa variantlarni qabul qilishga shoshilmaydi va sabr bilan Madrid klubi taklifini kutishga tayyor.
Virtsning leverkuzenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Jamoa futbolchiga 125 million evrolik tovon puli belgilagan.
Bu yozgi transfer bozori qizg‘in kechishi va Virtsning "Real"ga ehtimoliy ko‘chishi eng katta voqeliklardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar