"Grenke Chess Freestyle Open 2026": Karlsendan keyin kim chempion bo‘ladi?

  • 29.03.2026 11:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shaxmat olamida yilning eng muhim musobaqalaridan biri — Nomzodlar turniri yaqinlashib kelayotgan bir paytda, yana bir yirik turnir — "Grenke Chess Freestyle Open 2026" ham start olish arafasida. Musobaqa 2 aprel kuni Karlsruye shahrida boshlanadi.

O‘tgan yili Magnus Karlsen tarixiy natija qayd etib, 9 o‘yindan 9 ochko to‘plagan holda g‘olib bo‘lgan edi. Bu yil ham tarkib juda kuchli — Nomzodlar turnirida ishtirok etmayotgan dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatnashishi kutilmoqda.

Ayniqsa, Hindistonning ikki yetakchi shaxmatchisi — Nihal Sarin va Aravind Chitambaram o‘rtasidagi raqobat alohida qiziqish uyg‘otmoqda.

Ushbu turnir g‘olibi FIDE tomonidan tashkil etiladigan "Freestyle Chess World Championship 2027" musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Final bosqichi Vaysenhausda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!