Grizmann 15 fevraldan buyon ilk bor La Ligada gol urdi
“Barselona” forvardi Antuan Grizmann bugun bo‘lib o‘tayotgan “Vilyarreal”ga (3:1) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Qizig‘i shundaki, frantsiyalik futbolchi shu tariqa La Ligada 5 oydan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berdi.
U so‘nggi bor 15 fevral kuni “Xetafe”ga qarshi o‘yinda gol urgan edi. E’tiborlisi, o‘shanda ham Grizmanning goliga xuddi bugungidek Lionel Messi assistentlik qilgan edi.



Fikrlar