Gurlan belboğli kurash bo‘yicha mamlakat chempiontigа mezbonlik qiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 20-23 aprel kunlari Xorazm viloyatining Gurlan tumanida ilk bor  belbogʻli kurash boʻyicha 2009-2010 yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi.

Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasining yillik taqvimidan joy olgan mazkur mamlakat chempionatida oʻgʻil bolalar belbogʻli kurashning erkin va klassik yoʻnalishlarida 13 ta vazn toifasida kuch sinashishsa, qizlar erkin yoʻnalishda 8 ta vazn toifasida bellashishadi.

Gurlan sport majmuasida yuqori saviyada va shiddatli tusda oʻtishi kutilayotgan ushbu musobaqada chempionlikni tantana qilgan polvonlar belbogʻli kurash boʻyicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun mamlakat milliy terma jamoalariga qabul qilinadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!