Gvardiola: Buni qabul qilishimiz kerak. Shunaqasi ham bo‘lib turadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer Ligasining 14-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" (2:2) ga qarshi bellashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz to‘g‘ri yo‘ldan yurdik, ammo so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik. Biz o‘zimiz yaratgan bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqiblarimizda esa 2 tagina imkon bo‘ldi va ularni golga aylantirishdi.

Shunaqasi ham bo‘lib turadi. Biz buni qabul qilishimiz, kuchli tomonlar ustida ishlashimiz va undan saboq olishimiz kerak. Bu juda qiyin, ammo tiklanishimizga atigi ikki kunimiz bor," - dedi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!