Gvardiola: Chorak finalga "Bavariya"ning chiqishini xohlardim, chunki...
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bugun EChL 1/8 final javob bahsi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Bavariya” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi.
“Men chorak finalga “Bavariya”ning chiqishini xohlardim. Chunki, men ushbu klubning bir qismiman. Men Myunxenni yaxshi ko‘raman. U erda meni do‘stlarim ko‘p”, - deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, Gvardiola “Bavariya”ni 2013-2016 yillarda boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” hamda “Liverpul” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi. Ularning “Enfilda”gi dastlabki bahsida hisob ochilmagan edi.

Fikrlar