
Gvardiola himoyachilardan birini sotishga rozi
"Galatasaroy" vakillari Angliyaga yo‘l olib, "Manchester Siti" bilan himoyachi Manuel Akanji bo‘yicha shartnoma imzolashga urinib ko‘rishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Galatasaroy" bir vaqtning o‘zida "Manchester Siti" va futbolchining o‘zi bilan muzokaralar olib bormoqda, ammo hozircha hech kim bilan kelishuvga erishilmagan. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, "shaharliklar" Akanjini sotishga tayyor, chunki jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkibni qisqartirmoqchi.
Avvalroq, "Manchester Siti" yaxshi taklif olsa, Akanjini sotib yuborishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shveytsariyalik futbolchi 2024/25-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar