Gvardiola Husanov maydonga qaytganidan keyin yana ikkita yangilik aytdi
“Manchester Siti”ning bir necha etakchi o‘yinchilari jarohat tufayli muhim uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmay kelayotgan edi.
Oxirigi safga qaytgan o‘yinchi bir oy davomida jarohatini davolatgan Abduqodir Husanov bo‘ldi. 21 yoshli himoyachi Angliya ligasi kubogi doirasida Uelsda “Suonsi Siti” jamoasiga qarshi g‘alabali uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.
Endi “Manchester Siti” futbolchilari 2 noyabr kuni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida APL musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Bornmut” jamoasini qabul qiladi.
Turning markaziy uchrashuvi oldidan Xosep Gvardiola lazaretda qolgan oxirgi ikki futbolchi ham jamoa safiga qo‘shilishga tayyorligini ma’lum qildi.
- O‘ylaymanki, Rodri “Bornmut”ga qarshi uchrashuvgacha bizga yordam berishga tayyor bo‘ladi. U birinchi daqiqalardan maydonga tushadimi, bilmayman, lekin umid qilamanki, u biz bilan bo‘ladi, - dedi Gvardiola.
Shuningdek, jamoa to‘purari Erling Xolandning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan edi. Norvegiyalik forvard Angliya ligasi kubogida “Suonsi Siti”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda manchesterliklarga yordam bera olmadi.
Jurnalistlar “Bornmunt”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan 25 yoshli to‘purarning salomatligi va maydonga tushish imkoniyati bilan qiziqdi.
- Xoland o‘ynashga tayyor. U biz bilan bo‘ladi. Jamoada yana 18 nafar futbolchi ham shunday, - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsumda “Manchester Siti” safida Premer-liga, Evropa Chempionlar ligasi va Angliya ligasi kubogida jami olti marotaba maydonga tushdi. E’tiborli jihati shundaki, hamyurtimiz bu uchrashuvlarning barchasida boshlang‘ich tarkibda o‘ynagan.
Rodrigo Ernandes esa, chempionat va xalqaro miqyosida ettita uchrashuvda qatnashdi va hali samarali harakatlarni qayd etgani yo‘q.
Erling Xoland uchun mavsum sermahsul davom etyapti. 25 yoshli forvard Premer-ligada to‘qqizta uchrashuvda raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi. Evropa Chempionlar ligasida esa, Erling uchta o‘yinda posbonlarni to‘rt bor ojiz qoldirgan.
Angliya Premer-ligasining o‘yinchi turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Bornmut” o‘rtasidagi markaziy uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.
Husanovga “Siti”ning afsonaviy sardori kuchli maslahat berdi!
Shomurodov Turkiyada to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi
Bugun Shomurodov yana gol urishi kerak, Fayzullaev esa...
Fikrlar