Gvardiola Husanovni tarkibdan chiqardi!

  • 21.10.2025 06:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasi umumiy guruhining uchinchi tur uchrashuvlari boshqarmoqda. Qit’aning eng nufuzli musobaqasida o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining aksariyati Abduqodir Husanov tufayli “Manchester Siti”ga muxlislik qilayotgani ham sir emas.

Xosep Gvardiola shogirdlari “Napoli” ustidan qozonilgan g‘alaba va “Monako” maydonidagi durangdan keyin to‘rt ochko bilan nimchorak finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beradigan kuchli sakkizda boryapti.

Endi manchesterliklar Ispaniyada bo‘ladigan uchrashuvda “Vilyarreal”ga qarshi murakkab uchrashuv o‘tkazadi. Bu bahsda “shaharliklar” barcha turnirlar doirasida avgust oyida boshlangan va sakkiz uchrashuvdan beri davom etayotgan mag‘lubiyatsiz seriyani yanada uzaytirish va g‘alaba qozonishni maqsadida to‘p tepadi.

Chempionlar ligasida g‘olib chiqish – Xosep Gvardiola jamoasi oldigan qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasidagi oxirgi uchrashuvini “Everton”ga qarshi o‘tkazib, Erling Xodandning dubli evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. Bosh murabbiy bu o‘yindan keyin norvegiyalik to‘purar ko‘proq to‘p kiritmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini ta’kidlagan edi.

“Vilyarreal” esa, Ispaniya chempionatidagi so‘nggi uchrashuvida “Betis” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi va joriy mavsumda La Ligada “Real” hamda “Barselona”dan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda.

Bo‘lajak bahs oldidan “Manchester Siti”ning bir necha futbolchisi jarohatdan qutilib, yana jamoa tarkibiga qaytarildi. Oxirgi bo‘lib, safga Rayan Ayt-Nuri qo‘shildi. Shunga qaramay, Xosep Gvardiola jamoasida ikkita katta yo‘qotish bor.

“Oltin to‘p sohibi” Rodri Ernandes va o‘zbekistonlik universal himoyachi Abduqodir Husanov “Vilyarreal”ga qarshi bahsda jamoaga yordam bera olmaydi. Xosep Gvardiola Husanovni ham, Rodrini ham Ispaniyada o‘ynaydigan tarkibdan chiqardi.

Umumiy hisobda “Manchester Siti” Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuviga 22 ta futbolchini jalb qildi.

Tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabonlar:

Janluiji Donnarumma, Jeyms Trafford, Markus Bettinelli.

Himoyachilar:

Riko Lyuis, Mateush Nunesh, Jon Stounz, Ruben Diash, Natan Ake, Yoshko Gvardiol, Rayan Ayt-Nuri, Niko O’Rayli.

Yarim himoyachilar:

Niko Gonsales, Mateo Kovachich, Tijani Reynders, Bernardu Silva, Fil Foden, Rayan Sherki.

Hujumchilar:

Savino, Oskar Bobb, Erling Xoland, Umar Marmush, Jeremi Doku.

“Vilyarreal” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuv 21 oktyabrdan 22 oktyabrga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

 

Husanov kutib ol! Jamoaga 87 million evroga yangi yulduz keladi
Husanov Ispaniyaga boradimi?
Shomurodov zarbalaridan Evropaning nechta jamoasi “aziyat” chekkanini bilasizmi?

Ikki golidan biri hisoblanmagan Shomurodov nimalar dedi?

Shoma gol uryapti, lekin ahvol chatoq!

Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?

“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!