Gvardiola Mendidan nima kutmoqda?
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tez-tez jarohat oladigan himoyachi Benjamen Mendi haqida nimalarni o‘ylayotganini aytdi.
“Mendi har hafta mashg‘ulotlarimizda ishtirok etishi uchun hamisha sport formasida bo‘lishini xohlayman. U ikki yilni yo‘qotdi. Hozir uning uchun asosiy maqsad – formada bo‘lish”, - deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, Mendi “Manchester Siti” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum “shaharliklar” safida bor yo‘g‘i 10ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar