Gvardiola o‘z hamyurtlariga ishonch bildiryapti

  • 23.10.2020 21:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” ko‘p gol o‘tkazayotgani uchun himoya chizig‘ini kuchaytiradigan bo‘ldi. Gvardiola jamoasi yozgi transferlarga hozirdan tayyorlanmoqda. Manchesterliklar kuchli markaziy himoyachiga ehtiyoj sezmoqda.

Gvardiola o‘ziga kerak bo‘lgan himoyachilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Birinchi navbatda, Pep o‘z hamyurti Pau Torresni “Vilyarreal”dan “Siti”ga ko‘chirib kelishga harakat qiladi. Shuningdek,  ispan himoyachilaridan Jyul Kunde ham qisqa ro‘yxatdan joy olgan. U “Sevilya” tarkibida yuqori saviyada to‘p surmoqda.

“Napoli”ning senegallik markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali “Manchester Siti”dan tashqari, “Manchester Yunayte”, “Liverpul” , PSJ kabi klublarning ham nishonida turibdi.

“Shaharliklar” markaziy himoyachi transferi uchun 50 million evro miqdorida xarajat qilishga tayyor ekani ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!