Gvardiola Puma bilan shartnoma imzoladi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola dunyoga mashhur Puma kompaniyasi bilan shaxsiy bitim imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 48 yoshli ispaniyalik mutaxassis kompaniyaning reklama roliglarida suratga tushadi va futbol ekipirovkalari ishlab chiqaruvchilarga mutaxassis sifatida o‘z maslahatlarini beradi.
Eslatib o‘tamiz, Puma “Manchester Siti”ning texnik hamkori hisoblanadi.

Fikrlar