Gvardiola: "Sautgempton"ga qarshi o‘yindagi kabi harakat qilsak, EChLdan ham chiqib ketamiz
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 33-turida "Sautgempton"dan (0:1) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz yaxshi o‘ynayapmiz. Hamma o‘ylaganlarimizni amalga oshiryapmiz. Barcha futbolchilar ishga kirishgan. Ammo, bir nechta muvaffaqiyatli mavsumlardan so‘ng jamoaviy xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz. Bizga vaziyatlar va raqibni jazolashga imkoniyatlar etishmayapti. Agar biz aql bilan o‘ynasak, olg‘a borishimiz mumkin. Ammo, “Sautgempton” yoki “Tottenxem”ga qarshi o‘ynaganimiz kabi o‘yin ko‘rsatsak, hamma musobaqalardan chiqib ketamiz”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Siti" EChL 1/8 final bosqichida "Real"ga qarshi bahs olib bormoqda. Ularning Madriddagi bahsida 2:1 hisobida "shaharliklar" ustun kelishgan edi.

Fikrlar