Gvardiola "sir"ni ochdi
“Manchester Siti”ni olti marotaba Angliya chempioniga aylantirgan Xosep Gvardiolaning klubdagi kelajagi ko‘p muhokama qilinmoqda.
Ispaniyalik mutaxassisning “shaharliklar” bilan hamkorligi yozda tugaydi. Klub unga hamkorlikni davom ettirishni taklif qilmoqda. Biroq Gvardiola hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q.
Aksariyat mutaxassislar Gvardiola Angliya futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko‘ra, ushbu mamlakat terma jamoasini boshqarishini kutgandi. Lekin bu lavozimni Tomas Tuxel egallashi ma’lum qilindi.
Nihoyat, 53 yoshli mutaxassis asl maqsadini aytdi.
- Men faoliyati davomida milliy terma jamoani boshqarishni istayman, - dedi Xosep Gvardiola.
Ayrim manbalarning ma’lum qilishicha, Pep o‘ziga mos terma jamoa topgunicha, “Manchester Siti”dagi ishini davom ettiradi.

Fikrlar