Gvardiola supertransferga tayyorlanyapti

  • 19 sentabr, 2021, 14:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qishki transferlar vaqtida Harri Keynni olishga yana bir bor urinib ko‘radi.

Tecno

“Tottenxem” yozda “shaharliklar”ning hujumchi transferi bo‘yicha barcha takliflarini rad etdi. Londonliklar asosiy to‘purariga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan edi. Biroq, jamoadan keta olmagan Harri Keyn klubga juda katta talablar qo‘ymoqda va hali yangi bitim imzolangani yo‘q.

Shu bois, Xosep Gvardiolada orzusidagi futbolchini qo‘lga kiritish umidi uyg‘ondi. “Siti” mutasaddilari “Tottenxem” hujumchi bilan yangi shartnoma imzolagunga qadar uni Manchesterga ko‘chirib kelmoqchi.

“Tottenxem” prezidenti Jeniel Levi hali ham Keynni ketishiga qarshilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!