Gvardiola yangi mavsumga superdarvozabon topib qo‘ydi

  • 2 iyul, 23:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShda o‘tkazilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining pley-offida “Manchester Siti” kutilmaganda “Al-Hilol”ga 3:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Tecno

Bu uchrashuvda “shaharliklar” darvozaboni Ederson o‘zini ko‘rsata olmadi. Bellashuvdan keyin Xosep Gvardiola boshchiligidagi murabbiylar shtabining braziliyalik golkiperga bo‘lgan ishonchi sezilarli darajada pasaydi.

Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik murabbiy jamoaga boshqa posbonni taklif qiladigan bo‘ldi. Gvardiola “Portu” darvozasini bir necha mavsumdan beri ishonchli qo‘riqlab kelayotgan Diogu Koshta nomzodini ma’qulladi.

Gvardiola darvozabonlarga oyoq bilan yaxshi o‘ynash talabini qo‘yadi. 25 yoshli Diogu Koshta har qanday masofaga to‘pni aniq etkazib bera oladi. Portugaliyaliklar o‘z darvozabonini 75 million evroga baholagan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Manchester Siti” strategik ahamiyatga ega transfer uchun pulni ayamaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!