Gvardiola yirik g‘alabadan keyin gol urgan futbolchini tanqid qildi
Angliya premer-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan “Manchester Siti” 16-tur uchrashuvini safarda o‘tkazib, “Kristal Pelas” darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi.
Gollardan ikkitasini Erling Xoland urgan bo‘lsa, keyingi paytda ancha samarali o‘ynayotgan Fil Foden ham raqib darvozasini ishg‘ol qilishni uddaladi.
Qizig‘i shundaki, uchrashuvdan keyin aynan Fil Foden bosh murabbiy Xosep Gvardiola tomonidan tanqidga uchradi.
- Bugun Foden eng yaxshi darajada o‘ynagani yo‘q, u ko‘p to‘p yo‘qotdi. Har bir harakatda shoshildi, u xotirjamroq o‘ynashi, to‘pni yaxshiroq nazorat qilishi va kerakli paytda tezlikni oshirishi lozim.
Shu bilan birga, u jamoa uchun ajoyib ish qilayotganini ham alohida e’tirof etish kerak, - dedi Xosep Gvardiola.
Fil Foden joriy mavsumda Pngliya Premer-ligasida 14-uchrashuvini o‘tkazib, gollari sonini ettitaga etkazib oldi.
Fikrlar