Gvardiola "Yuventus"ni nega rad etdi?

  • 13.05.2019 12:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" klubi rahbariyati "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani Turinga ko‘chib o‘tishga ko‘ndira olmadi.

The Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” chindan ham ispaniyalik mutaxassisga rasmiy taklif bilan murojaat qilgan. Biroq, yakunda rad javobini olgan.

Gvardiola “shaharliklar” bilan Chempionlar ligasini yutib, keyin boshqa takliflarni ko‘rib chiqmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” kecha qatorasiga ikkinchi mavsum Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!