Gvardiola Zinchenko qaysi klubga o‘tayotganini aytdi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Ukraina terma jamoasi himoyachisi Aleksandr Zinchenko jamoani tark etganini tasdiqladi.
Ispaniyalik murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi tez orada Londonning “Arsenal” klubi futbolchisiga aylanadi.
Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan jurnalist Fabritsio Romano shunday deydi: "Zinchenko "Arsenal"ga o‘tmoqda.
Aleksandr Zinchenko o‘tgan mavsum "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda jami 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.



Fikrlar