Gvardiolaga "Siti" taklif bilan chiqdi

  • 24.05.2024 21:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" Pep Gvardiola bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. 

"Daily Mail" xabariga ko‘ra, klub rahbariyati bosh murabbiy bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida. Shu bilan birga, ular ispaniyalik mutaxassisga bosim o‘tkazmoqchi emas. Uning har qanday qarori qo‘llab-quvvatlanadi. 

Qayd etilishicha, 53 yoshli mutaxassis yaqinda kechki ovqat paytida kamida bitta asosiy futbolchi bilan vaziyatni muhokama qilgan va uning fikri bilan qiziqqan. 

Qayd etish lozim, Pep 2016 yildan buyon "Siti"ni boshqarib kelmoqda. "Siti" hamda Pep ketma-ket 4 mavsum APLni yutib, APLda rekord o‘rnatdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!