Gvardiolaning assistentiga APLning yana bir klubi qiziqib qoldi

  • 14.12.2019 12:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning assistenti Mikel Arteta APLning yana bir klubi qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.

Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassisni "Everton" o‘z safida ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Artetaga “Arsenal” klubi ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Everton"da esa shuningdek "Napoli"dan iste’foga chiqarilgan Karlo Anchelotti ham bor.

Ma’lumot uchun, “Everton” hozirda premer-ligada 17 ochko bilan 14 o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!