
Gvardiolaning shogirdi Grizmanning o‘rnini egallaydi
Kataloniya klubi rahbariyati frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann bilan yuz bergan kelishmovchilikdan so‘ng bu futbolchining uzoq muddatli hamkorligiga ishonmayapti. Shu bois “Barsa” Grizmann o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan zo‘r futbolchi qidirayotgan edi.
Unga ko‘ra, Grizmann Kataloniyadan ketadigan bo‘lsa, “Barselona” uning o‘rniga Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘ynayotgan Bernardu Silvani olib keladigan bo‘ldi. Uch yildan buyon Angliya premer-ligasida to‘p surayotgan yarim himoyachi “Manchester Siti”ning etakchilaridan biriga aylanib ulgurgan.
25 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda APLda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va etti marta jamoadoshlariga golli uzatma berdi.
Fikrlar