
Gyuler "Real"dagi holatidan g‘azabda
Arda Guler "Real"da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan xafa.
Turkiyalik yarim himoyachi 2023 yilning yozida "Fenerbaxche"dan 20 million evro va bonuslar evaziga sotib olingandi. Jarohat tufayli u mavsumning birinchi qismini o‘tkazib yuborgandi. Arda "Real" safida 2024 yilning yanvar oyi boshida debyut qildi va 5 uchrashuvda 92 daqiqa harakat qildi.
Guler bu vaziyatdan xafa va nima sababdan kam o‘ynayotganini tushunmayapti. Hatto klub tarbiyalanuvchisi Niko Paz ham undan ko‘proq harakat qilgan (127 daqiqa).
"Almeriya"ga qarshi bellashuvning ikkinchi bo‘limida turkiyalik futbolchi chigalyozdi mashg‘ulotlarini qildi. Biroq maydonga tushmasligini bilgach, libosini maysaga jahl bilan tashladi. O‘yindan so‘ng Anchelotti bu haqda berilgan savolni ochiq qoldirdi.
Fikrlar