Gyundogan "Barsa"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 2 iyun, 2023, 23:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester SIti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan faoliyatini "Barsa"da davom ettirishga yaqin turibdi, deya xabar tarqatdi "Diario Sport" nashri. U Kataloniyaliklar bilan 3 yillik shartnomaga qo‘l qo‘yadi. Germaniyalik futbolchi Chempionlar ligasi finalidan so‘ng qarorini e’lon qilishi kutilmoqda. 

Tecno

Avvalroq, Xavi ham Gyundogan transferiga to‘xtalib o‘tgandi. 

"Men sizga shuni ayta olamanki, biz qiziqayotgan futbolchilarning barchasi "Barsa"da o‘ynashni istaydi. Hali hech qaysi o‘yinchi bizga rad javobini bergani yo‘q", - dedi ispaniyalik murabbiy. 

Gyundoganni "Manchester SIti" olib qolishni istaydi. Uning jamoa bilan mehnat shartnomasi 30-iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi. "shaharliklar" Ilkayning shartnoma muddatini 2024 yilgacha uzaytirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!