Hamidjon Aktamov: Bugun "Buxoro" ham g‘alaba qozonishi mumkin edi

  • 7 aprel, 2019, 22:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Superliganing 3-turida “Buxoro” o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Tecno

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida navoiyliklar ustozi Hamid Aktamov ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun muxlislarga yoqadigan o‘yin guvohiga aylandik. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bugun “Buxoro” ham, bizning klub ham g‘alaba qozonishi mumkin edi. Lekin yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda omad kelmadi. Bugun biz yutishni istagandik, shu sababdan 2 ochkodan mahrum bo‘ldik. Bugun bizni qo‘llab-quvvatlash uchun uzoq yo‘l bosib kelgan barcha ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, buxorolik muxlislarga ham tasanno. Yomg‘ir yoqqan bo‘lsa-da, o‘yin atmosferasini ajoyib tarzda saqlab turishdi. “Buxoro”ga kelasi bahslarda omad tilayman”, - deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi PFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!