Haqiqatdan ham O‘zbekiston MTJ futbolchisiga "Spartak" taklif bilan chiqdimi? - Klub rahbari izoh berdi

  • 13.04.2022 13:39
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

«Nijniy Novgorod» klubi bosh direktori Ravil Izmaylov himoyachi Ibroximhalil Yo‘ldoshevga «Spartak» tomonidan qiziqish bo‘layotgani borasidagi mish-mishlarga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar berdi.

Uning aytishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchiga "Spartak"dan hozircha hech qanday taklif bo‘lmadi. Jamoa rahbarining bildirishicha, «Nijniy Novgorod» yosh futbolchini sotish borasida "qizil-oqlar" bilan muzokara o‘tkazishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Spartak" yozda Ibrohimhalilni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi borasida ma’lumotlar tarqalgandi. Hamyurtimiz bu mavsum Rossiya chempionatida 17 o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

a9c30019778dc509b2e40ec226bf5e14 - kopiya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
13/04/2022 14:20
Факат спартакка эмас! спартак куплаб узбекистонликни фаолиятини дабдала килган.