Har doim Messini tanlayman!
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland so‘nggi yillarda o‘zaro raqobatlashib kelgan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan qay biriga muxlislik qilishi haqidagi savolga javob berdi.
-Lionel Messi zo‘rmi yoki Krishtianu Ronaldu? Nega har doim mendan shu haqida so‘rayverasizlar? Javob har doim bir xil – eng zo‘ri Messi, - dedi Erling Xoland.
Lionel Messi Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
35 yoshli yulduz mundialda ettita gol urdi. Bundan tashqari, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan sovrinni ham qo‘lga kiritdi.

Fikrlar