Harri Keynning kelajagi hal bo‘ldi

  • 16.08.2021 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn yozgi transferlar vaqtida klubini tark eta olmaydi.

Ma’lumki, “Manchester Siti” angliyalik to‘purar uchun londonliklarga 120 million funt va qo‘shimcha bonuslar to‘lashga roziligi aytilgandi.

Biroq, “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi bu taklif qoniqtirmadi. U bu transfer uchun “shaharliklar”dan 160 million funt talab qilmoqda. Tabiiyki, bir futbolchi uchun hech qaysi jamoa moliyaviy inqiroz davrida bu qadar katta mablag‘ tikmaydi. Shu bois, “Manchester Siti” ham bu talabni bajarmaydi.

Qolarvesa, “Tottenxem”ning yangi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu ham yangi mavsumda Harri Keyndan umidi katta ekanini yashirmayapti.

- Harri tarkibimizga biroz kech qo‘shildi. U umumiy tarkib bilan shug‘ullanib, sport formasini tiklayapti. Tayyor bo‘lishiga maydonga tushib, jamoaga yordam beradi. Keyn dunyoning eng zo‘r hujumchilaridan va uning jamoamizda o‘ynashi biz uchun juda muhim, - dedi bosh murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!