Hayratdamiz, Husanov bu gal ham bopladi! Frantsiyalik muxlislar legionerimiz haqida yana nimalar dedi?

  • 18 sentabr, 2024, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining to‘rtinchi tur uchrashuvida “Lans” o‘z maydonda “Lion” bilan durang o‘ynadi. Sakkizinchi ochkosini qo‘lga kiritgan lansliklar Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Tecno

Uill Still bosh murabbiylik qilayotgan “Lans” futbolchilari oldiga milliy chempionatda kuchli to‘rtlikdan joy olib, kelasi mavsum uchun Evropa chempionlar ligasiga yo‘llanma olish vazifasi yuklatilgan.

Hozircha, “Lans” mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Liga 1 musobaqasida lansliklar ikkitadan g‘alaba va durang qayd etdi. “Lans” yangi mavsumda chempionatda eng kam – atigi bitta gol o‘tkazgan ikki jamoadan biri hisoblanadi. Himoya chizig‘ining mustahkamligida himoyachilarga etakchilik qilayotgan Abduqodir Husanovning hissasi katta.

“Lion”ga qarshi keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda Abduqodir Husanov boshchiligidagi himoya chizig‘i raqib hujumchilariga gol urish imkonini bermadi. O‘yinni tahlil qilayotgan ekspertlari o‘zbek legionerini uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etmoqda.

O‘z navbatida, frantsiyalik muxlislar ham ijtimoiy tarmoqlar orqali “Lans” va Abduqodir Husanov o‘yiniga o‘z munosabatini bildirmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga frantsiyalik muxlislarning legionerimiz haqidagi fikr mulohazalarini havola etadi.

FD:

Men uchrashuvning eng zo‘r futbolchilaridan biri sifatida darvozabon Bris Sambani tan olaman. Lekin Husanov yana bitta ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Bu o‘yinchi yosh bo‘lishiga qaramay, bizni hayratga solishda davom etmoqda. Abduqodir bizda uzoq yillardan beri shu erda o‘ynayotgandek taassurot qoldiryapti.

Etienne62:

Haqiqatan, Husanov bizni yana hayratga soldi. U himoyachiga kerak bo‘ladigan hamma hislatga ega. Himoyalanish va o‘yinni tashkil qilishni bopladi.

Tony:

Husanovning zo‘rligi haqidagi fikrlarga qo‘shilaman. U o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatyapti. Uni ertaroq asosiy tarkibda tushirish kerak edi. O‘tgan yilgidan ancha yaxshi o‘ynayapti.

Alain53:

“Lion”ga qarshi jiddiy o‘yin bo‘ldi. Husanov va Samba eng zo‘r o‘ynadi.

LENSOIS_62:

Husanov yutgan yakkakurashlar jamoaga katta foyda keltiryapti.

TerryD:

Samba, Husanov va Medina zo‘r o‘ynadi. Nihoyat, himoya chizig‘idagilarning ishonchli o‘yinidan qoniqish hosil qildim.

Yangi mavsumda Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatining to‘rtta, Konferentsiyalar ligasi saralash turnirining ikkita uchrashuvda ishtirok etdi.

Mashhur hujumchilarga o‘yin bermagan Husanov qanday baholandi?

Fayzullaev xavotirga sola boshladi...Shomurodov zo‘r o‘yinchi edi, lekin “Roma”da uni “bo‘g‘ib” qo‘yishdi!

 

O‘zbekistonga yordam berolmagan Husanovning ahvoli qanday? Uni maydonda ko‘ramizmi?

 

Legionerimizning yangi jamoasi “Chelsi”ni ortda qoldirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
.... ....
16/09/2024 19:13
Shuxrat Mirxoldirshoev digan fulbalist bolardi. Xaliyam bormi usha futbalist?
Сохипов Хусанбой
17/09/2024 09:25
Шухрат Мирхолдоршоев бор хозирам, Навбахор ФК мураббийлик килмокда адашмасам
Ilhomjon Feyz
15/09/2024 09:41
Зайнаб қивордилар шомуродвни реклама қилааериб спорт уз. Хожатга ўтириб чиққаниниям кун мавзусига айлалантирасла. Кошкиди рекламага арзиса шома. Пахташома.уз админлари.