Hech kim aldab o‘ta olmadi: Husanovning “Vulverxempton”ga qarshi statistikasi bilan tanishing
Angliya Premier-ligasi 23-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" — "Vulverxempton" uchrashuvi "shaharliklar" foydasiga 2:0 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur bahsdagi gollar Omar Marmush va Antuan Semenyo tomonidan kiritildi. Ushbu bellashuvda legionarimiz Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi.
O‘yin davomida Husanov himoyada quyidagi statistikani qayd etdi:
Paslar (aniqligi): 68/71 ta (96%)
Golli vaziyat yaratish: 1 ta
To‘pni olib qo‘yishlar: 2 ta
Oxirgi himoyachi sifatida amalga oshirilgan to‘p olib qo‘yish: 1
Zarbalarni/uzatmalarni to‘sish: 0 ta
To‘pni uzoqlashtirishlar: 0 ta
Uzatmalarni tutib olish: 4 ta
To‘pni qaytarib olishlar: 2 ta
Raqib dribling bilan o‘tib ketgan holatlar: 0
Erda kechgan yakkakurashlarda g‘alaba: 2/4 (50%)
Havodagi yakkakurashlarda g‘alaba: 0/2 (0%)
Qoida buzishlar: 2 ta
Keyingi turda Pep Gvardiola shogirdlari "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar