Hech narsani hal qilmaydigan o‘yin oldidan "Paxtakor" safida yo‘qotishlar bor

  • 25.04.2022 17:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini mezbon - "Al Ta’avun"ga qarshi o‘yin bilan yakunlaydi.

Vakillarimiz 2-turda ushbu raqib ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Saudiya Arabistonida mezbon klubni ikkinchi bor dog‘da qoldirgan birinchi o‘zbek jamoasiga aylangandi.

al tavun

“Paxtakor” matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bahsni Sherzod A’zamov va Odil Hamrobekov diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi. Dragan Cheranda esa jarohat mavjud. Saudiyaliklar safida bunday yo‘qotish mavjud emas.

"Paxtakor" va "Al Ta’avun" o‘rtasidagi o‘yin 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi Burayda shahridagi "Qirol Abdulloh" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 01:15da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!