Here we go! Antoni "Betis" futbolchisi

  • 20.01.2025 15:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"ning braziliyalik vingeri Antoni "Real Betis"ga o‘tadi. Jurnalist Fabritsio Romano rasman tasdiqladi.

Romanoning yozishicha, tomonlar o‘rtasida og‘zaki kelishuv amalga oshirildi. Hujjatlar tekshirilmoqda; shundan so‘ng futbolchi Ispaniyaga yo‘l oladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun vaqt belgilanadi.

"Qizil iblislar" uni sotib olish bandisiz ijaraga berishga rozilik berdi. Futbolchi iyun oyida klubga qaytib keladi.

Mahlumot uchun, Antonining Manchester klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmiga qadar amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!