
Here we go! "Manchester Siti" yarim himoyachisi Germaniya klubiga o‘tadi
"Manchester Siti"ning 19 yoshli futbolchisi Klaudio Echeverri Germaniyaga ko‘chib o‘tmoqda.
Fabritsio Romano xabar berishicha, "shaharliklar" "Bayer" bilan ijara bo‘yicha kelishib olishdi. Shartnomada sotib olish bandi yo‘q. Tez orada argentinalik hujumkor yarim himoyachi Germaniyaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘l oladi.
"Manchester Siti" Echeverrini 2024 yilda "River Pleyt"dan 18 million evroga sotib olgandi. Futbolchi yarim mavsumdan keyin manchesterliklar safiga qo‘shildi. U klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida bitta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar