
Himoyachi MYudan ketmoqchi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo yozda jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda The Sun.
Manbaga ko‘ra, ayni vaqtda "Estudiantes" klubida ijara asosida to‘p surayotgan argentinalik futbolchining agenti "qizil iblislar" rahbariyatiga mijozini qo‘yib yuborishini so‘ragan.
Roxo MYu safida 2014 yildan buyon to‘p surib keladi. Joriy mavsumda 30 yoshli futbolchi mankunianliklar safida barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar