
Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni turli yosh toifadagi milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun tayyorlab borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarining U-14, U-15, U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Chempionati o‘tkazilishi haqida xabar berib o‘tgandik. Bugun ana shu chempionatga start berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Chempionati ikki bosqichda “A” va “V” mintaqalarga bo‘lingan holda o‘tkazilib, jamoalar uy-safar tizimida bellashishadi.
"A" guruhidagi 1-tur uchrashuvlarida Samarqand akademiyasi Navoiy akademiyasiga qarshi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xorazm viloyatiga qarshi, Buxoro viloyat akademiyasi esa Qashqadaryo akademiyasiga qarshi bahs olib boradi. "A" guruhida 1-turda Surxondaryo viloyat akademiyasi dam oladi.
"B" guruhida 1-turda Jizzax viloyati Sirdaryo akademiyasiga qarshi, Toshkent shahri Toshkent viloyati akademiyasiga qarshi, Farg‘ona viloyati Andijon viloyati akademiyasiga qarshi bahs olib boradi. Bu guruhda 1-turda Namangan viloyati akademiyasi dam oladi.
Fikrlar