“Humo Arena” xokkey bo‘yicha xalqaro turnirga mezbonlik qiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Joriy yilning 15 mart kuni ochilgan muhtasham ko‘p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyi 27-30 aprel kunlari xokkey bo‘yicha xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.
 
9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan mazkur musobaqada Toshkentning “Humo” klubi va Rossiyaning “Spartak”, “Dinamo” va “Traktor” jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahs o‘tkazadi.
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilayotgan mazkur turnir zamonaviy “Humo Arena” muz saroyida o‘tkazilayotgan ilk xalqaro musobaqa sifatida tarixga kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!