
Husanov ajoyib ko‘rsatgichi bilan dastlabki turning eng yaxshilaridan biri bo‘ldi
Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi dastlabki turi doirasidagi bellashuvlar yakuniga etdi. Birinchi turdan so‘ng Liga rasmiy sahifalarida jamoa va futbolchilarga tegishli statistikalar taqdim etildi.
Mazkur tur doirasida legionerimiz Abduqodir Husanov "Manchester Siti" safida "Napoli"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq o‘yin harakatlandi.
Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ishonchiga kirib borayotgan Husanov jamoa ishtirokidagi ketma-ket ikkinchi bellashuvda to‘liq o‘ynadi. Himoyachi APL doirasidagi "Manchester derbisi" kabi muhim to‘qnashuvda MYuga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Husanov to‘qnashuv yakunida jamoasining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.
Ushbu bahsdan keyin esa himoyachi Gvardiolaning "Napoli"ga qarshi o‘yin uchun tanlagan asosiy tarkibidan joy oldi. Terma jamoamiz a’zosi ushbu bellashuv davomida jamoadoshlariga umumiy 79 ta uzatma berdi. Ularning 78 tasi aniq amalga oshirildi (98 %).
- Aniq uzatmalar - 78/80
- Qisqa aniq uzatmalar - 7/7
- O‘rtacha aniq uzatmalar - 67/68
- Uzun aniq uzatmalar - 4/5
- Ortga aniq uzatmalar - 24/24
- Chapga aniq uzatmalar - 39/40
- O‘ngga aniq uzatmalar - 4/4.
Mazkur ko‘rsatgichlar bilan Husanov EChLning birinchi turida eng ko‘p aniq uzatmalar bergan TOP-10 futbolchilar ro‘yxatidan joy oldi.
Fikrlar