Husanov yolg‘iz emas: APLda debyuti bundan-da og‘ir o‘tgan yulduzlar bor!

  • 27 yanvar, 07:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yangi jamoadagi faoliyatida darrov yorqin porlash hammaga ham nasib qilmaydi. Ayniqsa, Angliya Premer-ligasidagi dunyoning eng murakkab musobaqasidagi debyut har bir futbolchi uchun juda dahshatli sinovdir.

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi ilk uchrashuvining dastlabki besh daqiqasida shunday holat yuz berdi.

Angliyaning nufuzli manbalaridan business-standard.com sayti Abduqodir Husanovning vaziyatidan kelib chiqib, Premer-ligadagi debyutini og‘ir o‘tkazgan futbolchilar haqida ma’lumot tarqatdi.

Joau Feliks — Chelsi

2023 yil: Portugaliyalik Joau Feliksning “Chelsi”dagi debyuti “Fulxem”ga qarshi o‘yinga duch keldi va mojaro bilan boshlandi.

“Atletiko Madrid”dan ijaraga olingan 23 yoshli hujumchi o‘yin boshida juda yaxshi o‘ynab, ijobiy taassurot qoldirdi. Lekin uchrashuv davomida raqib futbolchisi Kenni Tetega qarshi ishlatgan foli tufayli Joau maydondan haydaldi. Tartib-intizom qo‘mitasi Joau Feliksni keyingi uchta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilgani uning umridan bir umrga o‘chmaydi.   

Saul Niges — Chelsi

2021 yil:  “Atletiko Madrid”dan ijaraga olingan Saul Negisning Angliyadagi faoliyati ham rasvo boshlangan. Dbyut uchrashuvida “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushgan yarim himoyachi juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi. Uning to‘p uzatishlari manzilga etib bormaydi. Negisning o‘yiniga chidolmagan bosh murabbiy Tomas Tuxel uni tanaffusdayoq almashtirib yuboradi. Muxlislar ispan futbolchisini haqorat qilishgani esa, yomon xotira sifatida qoldi.

Patris Evra — Manchester Yunayted

2006 yil: “Manchester Yunayted”ning yulduzi darajasiga ko‘tarilgan frantsiyalik himoyachining debyuti omadsiz bo‘lgan. “Manchester Siti” bilan derbida raqibga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmagan Evra Angliya futboli shiddatiga tayyor emasligini ko‘rinib qolgan. Patrisning o‘zi o‘yindan oldin hayajondan ko‘ngli ayniganini tan olgan. Keyinchalik u Premer-ligaga tez moslashib ketdi.

Jervino — Arsenal

2011 yil: “Arsenal”dagi debyutini “Nyukasl”ga qarshi o‘tkazgan Jervino debyut uchrashuvidayoq maydondan haydalgan.Ivuarlik hujumchi o‘sha o‘yinda raqib yarim himoyachisi Joe Barton bilan janjallashib qolgan edi. Jervino Bartonning “artistligiga” uchgani va qo‘lini ko‘targani uchun qizil kartochka olgani o‘sha uchrashuvni unutishga yo‘l bermaydi.

Tyago Silva — Chelsi

2020 yil: Braziliya terma jamoasi va PSJda katta tajriba to‘plagan Silvaning Angliya Premer-ligasidagi debyuti ham bir tekis o‘tmagan. “Chelsi” himoyasini boshqarishga kirishgan Tyago Silva “Vest Bromvich”ga qarshi hech narsa qila olmadi va jamoasi birinchi bo‘limning o‘zida uchta to‘p o‘tkazib yubordi.

Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”

2025 yil: “Manchester Siti” 20 yoshli o‘zbek futbolchisi uchun qariyb 41 million evro badal puli to‘ladi. Transferdan atishi besh kun o‘tib, Abduqodir Husanov Premer-liga doirasida “Chelsi”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi.

Uning debyuti dahshatli boshlandi. Dastlabki besh daqiqa ichida yosh himoyachi golga sababchi bo‘ldi. Koul Palmerga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun hakam tomonidan sariq kartochka olganida vaziyat yanada og‘irlashdi. Premer-liga o‘zbek futbolchisini ana shunday qaltis kutib oldi.

Angliya Premer ligasidagi debyutini og‘ir o‘tkazgan futbolchilarning bari jahon futbolida o‘z o‘rniga ega o‘yinchilar darajasiga ko‘tarilgan. Ingliz futbolining shiddatiga moslashish oson emas. Bu bosim engib o‘tadigan charm to‘p ustalari, albatta, o‘z nomini futbol tarixiga yozib qo‘yadi.

“Manchester Siti” yulduzlari Husanovni qanday himoya qilyapti?
Husanovga antirekord uchun to‘rt daqiqa kifoya qildi, lekin...

Hujumkor legionerimiz Premer-ligadan yangi jamoa topdi

Gvardiola Abduqodirning qaysi kuchli tomonlarini sanab o‘tdi?

Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
27/01/2025 11:12
3 та химояч билан уйнидиган командага утса болардида узи
&
Адхамжон Низомов
27/01/2025 09:49
Булдида энди,хадеб битта хатони чайнайвермадан,бошка мавзу хам ёзинглар.Хеч напса булган йук.Пеп бу хато ни унутиб булда.
Baxil Alihuja
27/01/2025 07:48
хеч киси йук. мард эркак мослашади.