Husanovning raqobatchisi uchun “Siti” katta summa so‘radi

  • 17 avgust, 08:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasi yopilgunicha “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar qatoriga Riko Lyuis ham qo‘shildi.

Tecno

Bu futbolchi yangi mavsumda o‘ng qanot himoyasidan o‘rin olishi kutilmoqda. Buning uchun u Matues Nunes va Abduqodir Husanov bilan raqobatlashishi talab etiladi.

“Nottingem Forest” esa, shu kunlarda Riko Lyuisni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. “O‘rmonchilar” 20 yoshli futbolchini transferga ko‘ndirish uchun “Manchester Siti”da olayotganidan ikki baravar ko‘p maosh berishni va’da qildi.

“Manchester Siti” o‘yinchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Biroq “Nottingem Forest” birinchi urinishda taklif qilgan summa manchesterliklar yoqmadi. “O‘rmonchilar” Lyuis transferi uchun 25 million evro badal puli va besh million evro bonus berilishini ta’kidladi.

Jurnalist Santi Aunaning aniqlashicha, “Manchester Siti” rahbariyati Lyuis transferini 40 million evroga baholamoqda va bundan past summaga o‘yinchini qo‘yib yubormaydi.

O‘tgan mavsum iqtidorli himoyachi barcha turnirlar doirasida 44 ta uchrashuvda ishtirok etib,  himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, ikkita gol va beshta assistga mualliflik qilgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!