Husanovning "Vest Xem"ga qarshi o‘yini statistik portallar tomonidan baholandi

  • 15.03.2026 05:12
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

APLning 30-turidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Siti" safarda "Vest Xem" jamoasi bilan 1:1 hisobida durrang o‘ynadi.

Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bir qator statistik portallar o‘zbekistonlik himoyachining harakatlariga baho berdi.

Jumladan, SofaScore Husanovning o‘yini 6.7 ballga, FotMob 7.7 ballga, Flashscore esa 6.5 ballga munosib deb topdi.

Ma’lumot uchun, "shaharliklar" keyingi uchrashuvni Chempionlar ligasi doirasida "Real Madrid"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs 17 martdan 18 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!