Ian Garri Peydjni firibgarlikda aybladi
UFC ning yarim o‘rta vazn toifasidagi jangchisi Ian Garri o‘zining so‘nggi raqibi Maykl Peydj jang oldidan firibgarlikka yo‘l qo‘yganini aytdi. Garrining so‘zlariga ko‘ra, uning jamoa a’zolariga u haqidagi ma’lumot uchun pul taklif qilingan.
"Yolg‘on gapirmayapman. Jamoam a’zolariga bu jangdan oldin men haqimda ma’lumot olish uchun pul taklif qilishgan. Bu iflos firibgarlik", - dedi Garri matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 303"da Ian(15-0) ochkolar evaziga Peydj(22-3)ni mag‘lub etdi.

Fikrlar