Iguain Pirloga kerakmasligini tushundi

  • 12 avgust, 2020, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”ni qabul qilib olgan Andrea Pirlo jamoadan ketadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilib, birinchilardan bo‘lib Gonsalo Iguaindan qutilmoqchiligini bildirgan edi.

Tecno

32 yoshli argentinalik hujumchi garchi yana bir yil davom etadigan shartnomaga ega bo‘lsa-da, Turinni tark etishga qaror qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, unga qiziqayotgan jamoalar bor va futbolchi turinliklar bilan shartnomani bekor qilishga rozi.

Iguain joriy mavsumda 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 8 ta gol urishga erishdi. “Yuventus”da asosiy to‘purarlar vazifasini Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibala bajarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!