Ikardi faoliyatini qaerda davom ettirmoqchiligi ma’lum

  • 18.04.2023 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumni ijara asosida “Galatasaroy” safida o‘tkazayotgan hujumchi Mauro Ikardining kelajagi noaniqligicha qolmoqda. 30 yoshli argentinalik futbolchining transfer huquqlari PSJga tegishli va uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Todofichajes o‘z sahifalarida xabar berishicha, Ikardi faoliyatining eng yulduzli onlarini o‘tkazgan A Seriyaga qaytishni xohlaydi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda matbuotda Ikardida faoliyatini Italiyada davom ettirish uchun bir nechta variant borligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Ammo aynan qaysi jamoalar unga xaridor bo‘layotgani haqida ma’lum qilinmagan.

Nufuzli transfermarkt portali ekspertlari Mauro Ikardini 18 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!