Ikardi urgan uchta gol uning nomini tarixga muhrladi
"Inter" jamoasi hujumchisi Maurio Ikardi "A" seriyaning "Atalanta"ga qarshi uchrashuvida raqib darvozasiga 26-daqiqa ichida uchta gol urdi.
Bu "Inter" jamoasi tarixida yangi asrdagi eng tezkor "xet-trik" sifatida kiritildi.

"Inter" futbolchilari so‘ngi tezkor "xet-trik"ni 70 yil muqaddam qayd etgandi. 1947 yilning 26 oktyabr kuni Benito Lorentsi 18 daqiqa ichida uchta gol urgandi.

Fikrlar