
Ikkita gol urgan Lukaku darrov shart qo‘ya boshladi
“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku Angliya premer-ligasining 36-turida “Vulverxempton” darvozasini ikki marta nishonga oldi.
Endi belgiyalik hujumchi klub xo‘jayinlari bilan muzokara o‘tkazib, ularga o‘z shartlarini aytmoqchi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Lukaku jamoada qolishga tayyor va buning uchun murabbiylar shtabi uni tarkibning asosiy figurasiga aylantirishi kerak.
Lukaku 97,5 million funtga transfer qilinganidan keyin Angliya futbolida o‘zini ko‘rsata olmadi. U ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Endi o‘zini premer-ligaga to‘la moslashganini his qila boshladi.
28 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 41 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 14 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar