
Iliya Topuriya jurnalistning savoliga noodatiy javob berdi
Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya "O‘g‘lingiz jangchi bo‘lishini xohlaysizmi?" degan savolga quyidagicha javob berdi:
"Men buni xohlayotganim uchun emas, balki o‘g‘lim jangchi bo‘lishi kerak. Uning boshqa tanlovi yo‘q - men hammamiz har kuni duch keladigan hayotdagi kurashni nazarda tutyapman. Agar u oktagonga kirishga yoki hayotida xohlagan narsani qilishga qaror qilsa, bu boshqa masala. Ammo u hayotda kurashuvchan yigitga aylanishi kerak. Agar men unda MMA jangchisi bo‘lish istagi va ishtiyoqini ko‘rsam, albatta uni qo‘llab-quvvatlayman va orzusini ro‘yobga chiqarishga yordam beraman", - deya javob qildi UFC chempioni.
Ma’lumot uchun, Topuriya "UFC 298" turnirida Aleksandr Volkanovskini mag‘lub etib, yarim engil vazn chempioniga aylandi.
Fikrlar